Amy Brenneman
Amy Frederica Brenneman (1964-yil 22-iyunda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa va produser. U oʻzining keng koʻlamli televizion ishi bilan mashhur boʻlib, birinchi marta ABC politsiya dramasi NYPD Blue (1993–1994) da detektiv Janice Licalsi sifatida mashhur boʻldi. Shundan soʻng, Brenneman CBS telekanalining „Judging Amy“ (1999—2005) dramatik serialida sudya Ami Gray rolini ijro etadi. U ushbu rollar uchun jami beshta Primetime Emmy mukofotiga sazovor boʻlgan.
Yoshligi
Brenneman Connecticut shtatining New London shahrida Konnektikut shtati Oliy sudining sudyasi Frederica Joan (qizlik familyasi Shoenfield) va atrof-muhit muhofazasi boʻyicha yurist Russell Langdon Brenneman oilasida tugʻilgan. Uning xolasi Sovuq urush davridagi jurnalist Beryl D. Hines edi. Uning onasi yahudiy boʻlib, voyaga yetganida jamoatchi cherkovga qoʻshilgan. Uning kelib chiqishi ingliz, irland va shveysariyalik boʻlgan otasi protestantlardan edi.
Brenneman Connecticut shtatidagi Glastonbury shahrida oʻsgan, u yerda oʻsmirlik davrida Glastonberi oʻrta maktabida maktabda va mahalliy teatr guruhida sahna koʻrinishlarida qatnashgan. U 1987-yilda Harvard universitetini qiyosiy din yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. Harvardda boʻlganida u Cornerstone Theatre Company asoschilaridan biri boʻlib, oʻqishni tugatgandan soʻng bir necha yil davomida gastrol sayohatlarini amalga oshirgan.
Faoliyati
Brenneman oʻz karyerasini 1992-yilda qisqa muddatli CBS telekanalining „Middle Ages“ serialiida boshlagan. Keyingi yili u ABC politsiya dramasi NYPD Blue serialida olomon bilan bogʻlangan yuniforma kiygan ofitser Janice Licalsi sifatida oʻzining birinchi asosiy rolini ijro etadi. Uning David Caruso qahramoni bilan ishqiy munosabatlarni oʻz ichiga olgan hikoyasi shouning birinchi mavsumi (1993—1994) va ikkinchi mavsumning birinchi bir necha epizodlari orqali oʻtadi. 1994-yilda u „Emmy“ mukofotiga „Drama serialidagi eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa“ nominatsiyasida va keyingi yili "Eng yaxshi mehmon aktrisa " nominatsiyasiga nomzod boʻlgan.
2007-yil mart oyida Brenneman „Grey’s Anatomy“da hamda Private Practice filmida Violet Turner rolini oʻynaydi. Shonda Rhimes suratga olgan serial 2007-yil 26-sentabrdan 2013-yil 22-yanvargacha ABC telekanalida namoyish etiladi. Keyinchalik u The Face of Love hamda "Words and Pictures " filmlarida rol oʻynaydi. HBO kanalida uzatilgan „The Leftovers“ dramtik serialiida Jastin Theroux bilan birga rol oʻynaydi. Shuningdek, 2013-yilda Brenneman Reign serialida bosh qahramonnning onasi Mary of Guise rolini oʻynagan.
Shaxsiy hayoti
1995-yilda Brenneman ota-onasining uyidagi bogʻda rejissor Brad Silberlingga turmushga chiqadi. Ular dastlab NYPD Blue serialida uchrashishgan. Brenneman va Silberlingning Charlotte Tucker va Bodhi Russell ismli ikki nafar farzandlari bor.
Brenneman, shuningdek, qurol-yarogʻni cheklovchi qonunlarning kuchli tarafdori boʻlib, 2009-yilda u Los-Angelesdagi Riviera Country Clubda Brady markazi uchun qurolli zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha „Target for a Safe America“ tantanasini oʻtkazdi.
Filmografiyasi
Filmlarda
Televizion rollari
Musiqiy videolar
Produser sifatida
Mukofotlar va nominatsiyalar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org