Amu-Zang kanali




Amu-zang kanali , Amu-Zang mashina kanali- Surxondaryo viloya-tidagi sugʻorish kanali. Amudaryo oʻng qirgʻogʻidan, Surxondaryoning quyilish joyidan 16 km yuqoridan suv oladi. Amudaryo suvini Zang gidrouzeli yuqori bʼefiga koʻtarib beradi. 1973-yilda qurilgan. Uz. 56 km, suv oʻtkazish imko-niyati 20 m³/s. Suvni maksimal koʻta-rib berish bal. 77 m (ikki bosqichda). Kanal tarkibiga ikkita bir xil tipdagi nasos stansiyalari kiradi. Amu-Zang 1 nasos stansiyasi suvni daryodan 500 m uzunlikdagi taʼ-minlovchi kanal orqali oladi, koʻtarish balandligi 33 m, 16 nasos agregati oʻrnatilgan, umumiy quvvati 10 ming kVt; Amu-Zang 2 nasos stansiyasining suvni koʻtarib berish balandligi 44 m, kuvvati 12,8 ming kVt. A-Amu-Zang kanali ishga tushirilishi Surxondaryo viloyatining janubida Zang magistral kanalidan sugʻoriladigan 20 ming ga yerni Amudaryo suvi bilan sugʻorish imkoniyatini yaratdi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz