Amudaryo gulbalig‘i




Amudaryo gulbalig‘i ( lotincha: Salmo oxianus ) — sulaymonbaliqlar oilasiga mansub nashtarqanotli baliq turi sanaladi.

Tarqalishi



Amudaryoning yuqori qismi (Surxondaryo, Sangardak va To‘palang daryolari havzalari); Tanxozdaryoga keltirilgan, Qoradaryo va Norinda iqlimlashtirilgan. O‘zbekistondan tashqarida: Qirg‘iziston (iqlimlashtirilgan), Tojikiston, Afg‘oniston. Orol, Kaspiy, Qora, Boltiq, Barens va Oq dengizlar havzalarida, Janubiy Yevropa, AQSHda (iqlimlashtirilgan) – boshqa kenja turlari uchraydi.

Yashash joyi



Tez oqadigan, suvi sovuq va tubi tosh-shag‘alli tog‘ daryolarida yashaydi.

Soni



Ilgari u keng tarqalgan edi, lekin so‘nggi o‘n yilliklarda keskin kamaydi.

Hayot tarzi



Tog‘ daryosi balig‘i. 3-4 yoshida jinsiy yetuklikka erishadi. Urchishi – sentyabr-oktyabr oylarida. Serpushtligi – 160–3000 uvuldiriq atrofida. Asosan suv hasharotlarining lichinkalari, mollyuskalar, yiriklari esa baliqlar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar



Daryolar oqimining sun’iy tartiblanishi natijasida tabiiy suv rejimining o‘zgarishi va uning ifloslanishi, rekreasion faoliyat, brakonyerlik.

Himoya choralari



Hisor qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi. Kichik turlarning yashash joylarida muhofaza qilish rejimini joriy etish, Sangardak va Tupolang daryolarining yuqori oqimida (Ayg‘irko‘l) suv qo‘riqxonasini yaratish kerak.

Adabiyot




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz