Amsterdam (film)




Amsterdam (inglizcha: Amsterdam) — rejissyor David O. Russellning ssenariysi boʻyicha suratga olingan Amerika triller filmi. Film premyerasi 2022-yil 18-sentabrda Nyu-York shahridagi Alice Tully konsert zalida boʻlib oʻtdi va 2022-yil 7-oktabrda AQSh kinoteatrlarida namoyish etiladi.

Mazmuni



Voqealar 1930-yillarda sodir boʻladi. Uch doʻst — shifokor, hamshira va advokat — qotillikka guvoh boʻlishadi, keyin esa ular Amerika tarixidagi eng dahshatli fitnalardan birini fosh qilishadi.

Tanqidi



Premyeradan soʻng film 5 ta sharh asosida Rotten Tomatoesda 20 %, Metacriticda esa 100 tadan 44 ball oldi.

Rollarda




Yaratilishi



2020-yil yanvar oyida Devid Ouen Rassell bosh rolni Christian Bale ijro etuvchi film muallifi va rejissyori boʻlishi eʼlon qilindi; suratga olish ishlari 2020-yilning aprel oyida boshlanishi rejalashtirilgan edi. Oʻsha yilning fevral oyida Margot Robbie va Michael B. Jordan aktyorlar tarkibiga qoʻshilishlari maʼlum boʻldi. Rejissyor Jennifer Lawrence, Jamie Foxx va Angelina Jolie variantlarni ham koʻrib chiqdi. 2020-yil oktyabr oyida Maykl B. Jordan tigʻiz suratga olish jadvali tufayli loyihani tark etdi va uning oʻrniga Jon Devid Vashington keldi. Shu bilan birga, filmni suratga olish jarayoni COVID-19 pandemiyasi tufayli qoldirilgani maʼlum boʻldi. Suratga olish ishlari 2021-yil yanvar oyida Los-Anjelesda boshlangan. Shu bilan birga, Rami Malek, Zoe Saldana, Robert De Niro, Mike Myers, Timoti Olifant, Maykl Shennon, Kris Rok, Taylor Swift, Anya Taylor-Joy, Andrea Riseborough, Mattias Shunarts va Alessandro Nivola ham qoʻshilgani maʼlum boʻldi.

2022-yil 27-aprelda filmning rasmiy nomi „Amsterdam“ (inglizcha: Amsterdam) ekanligi maʼlum boʻldi.

Relizi



Film premyerasi 2022-yil 7-oktabrda boʻlib oʻtadi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz