Amro Jenyat
Amro Jenyat (1993-yil 15-yanvarda tug'ilgan) - suriyalik professional futbolchi, Al-Karama va Suriya terma jamoasida o'ng qanot yoki qanot himoyachisi sifatida o'ynaydi.
Shaxsiy hayot
Jenyat Suriya terma jamoasi futbolchisi Aatefning ukasi.
Jamoalardagi faoliyati
Jenyat faoliyatini Al- Karamada boshlagan. 2014-yil 20-avgustda u Ummonning Al-Shabab klubi bilan shartnoma imzoladi. U Ummon Professional ligasida debyutini 2014-yilning 11-sentyabrida Bowsher klubiga qarshi 2:2 hisobidagi durang o'yinda o'tkazdi.
2020-yil yanvar oyida Jenyat Qatarning Mesaimeer klubiga o'tdi. U 2020-yil sentyabr oyida Al-Karamaga qaytdi 2021-yil 14-may kuni Jenyat OFK kubogi - 2021da o‘ynash uchun tekinga Livan Premer-ligasi vakili “Ahed”ga o‘tdi.
Xalqaro martabasi
Jenyat Suriyaning 20 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida o'ynagan. U 2019-yilgi Osiyo Kubogida Suriya terma jamoasida o'ynagan.
Karyera statistikasi
Xalqaro
Manbalar
uz.wikipedia.org