AMRITSAR QIRG’INI



AMRITSAR QIRG’INI – Hindistonda ingliz mustamlaka hukumatining terror siyosatiga qarshi norozilik yuzasidan 1919 yil 13 aprelda Amritsar shahrida o’tkazilgan namoyish qatnashchilarining o’qqa tutilishi. Namoyish boshlanishi bilan maydonga general Dayer qo’mondonligidagi harbiy otryad va ikki bronevik kelib, qurolsiz aholiga qarata o’qochgan, natijada 1000 ga yaqin kishi o’lgan va taxminan 2000 kishi yarador bo’lgan. Bunga Hindiston xalqlari milliy ozodlik harakatini yanada kuchaytirish bilan javob berdilar. Harakat Panjobdan boshlab butun Hindistonga ham tarqaldi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz