AMRITSAR
AMRITSAR — Hindistonning shimolidagi Panjob shtatining eng katta shahri va temir yo’l tuguni. Aholisi 709 ming kishi (1991). Eng muhim savdo va sanoat (asosan to’qimachilik va oziq-ovqat) markazi. Jun, ip va ipak gazlamalar ishlab chiqarish, gilam to’qishda mashhur. Mashinasozlik, kimyo sanoati korxonalari bor. Metall, suyak, ko’ndan har xil buyumlar yasaladi. Amritsar 1577 yilda muqaddas “obihayot ko’li” (sanskrit tilida “Amrita-Saras”) atrofida sekhlarning to’rtinchi gurusi Ram Das tomonidan barpo etilib, sekhlarning muqaddas shahri, tarixiy, diniy va madaniy markazita aylangan. Amritsarda 16-17 asrlarda qurilgan “Oltin ibodatxona”— sekhlarning muqaddas obidasi bor (1761 yilda vayron bo’lgan, so’ng qayta tiklangan). Shahar 19-asrda Ranjit Singh davlati tarkibida bo’lgan. 1849 yilda inglizlar bosib olgan. Hindiston mustaqillikka erishgunga qadar mustamlaka tarkibida bo’lgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz