Amrita Acharia




Amrita Acharia -nepallik,ukrainava norvegiyalik aktrisa. U HBO kanalida efirga uzatilgan „ Taxtlar oʻyini“ serialidagi Irri roli va ITV kqnalida efirga uzatilgan "The Good Karma Hospital " serialidagi doktor Rubi Uoker rollari bilan mashhur.

Yoshlik



Acharia Nepalning Katmandu shahrida tugʻilgan. Uning otasi nepallik ginekolog boʻlib, u Kiyevdagi tibbiyot fakultetida oʻqiyotganda Amritaning onasi bilan tanishgan. Acharia Katmandu, Ukraina, Angliya va Norvegiyada oʻsgan. U bolaligining yetti yilini Nepalda oʻtkazgan, otasining ishi sababli oilasi bilan Angliyaga, keyin esa 13 yoshida Norvegiyaga koʻchib kelgan.

19 yoshida Norvegiyada oʻrta maktabni tugatgan. Acharia aktyorlik faoliyatini boshlash uchun Angliyaga koʻchib oʻtgan.

Faoliyati



Acharia " Taxtlar oʻyini „ serialining dastlabki ikki mavsumida Daenerys Targaryenning xizmatkori Irri rolini oʻynagan. Uning qahramoni ikkinchi mavsumda vafot etgan. Film voqealariga koʻra Irrini dugonasi Dorea (Roksann McKee oʻynagan) tomonidan boʻgʻilib oʻldirilgan. Epizod suratga olib boʻlinganidan soʻng, ertasi kuni Acharia boʻynida koʻkarishlar paydo boʻlgan.

2011-yilda Acharia BBCning Lapland filmida rol oʻynagan. U, shuningdek, “The Devil’s Doublr" biografik filmida maktab oʻquvchisi sifatida rol ijro etgan. Acharia Norvegiyaning „ I Am Your“ badiiy filmida bosh rolnioʻynadgab, bu rol unga Norvegiya Amanda mukofotlarida eng yaxshi aktrisa nominatsiyasini taqdim etdi. 2016-yilda Acharia Norvegiyaning Frikjent teleserialida davlat prokurori rolini oʻynagan.
U Britaniyaning " Welcome to Curiously „ psixologik trillerida bosh rol oʻynagan. Film setiak qotilning qamoqdan qochishi atrofidagi bir-biriga bogʻlangan toʻrtta hikoya bilan bogʻliq.

Shaxsiy hayot



Acharia 2016-yilda London marafonini 03:46:07 natijasi bilan yakunlagan.

U Hindistonda odam savdosiga uchragan nepallik bolalarni qutqarish bilan shugʻullanadigan ChoraChori xayriya tashkilotining elchisi. U ukrain, rus, ingliz va norveg tillarini biladi. U nepal tilini bilmaydi, lekin uni oʻrganishni rejalashtirayotganini aytgan.

Filmografiya




Televizion




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz