Amrillo Inoyatov
Amrillo Shodiyevich Inoyatov (13-noyabr, 1979-yil, Buxoro, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek shifokori va davlat arbobi, 2022-yil 28-dekabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri. 2020-yilning iyulidan 11-noyabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisining oʻrinbosari. 2021-yil yanvar oyidan boshlab Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori.
Biografiyasi
1979-yilda Buxoro shahrida tugʻilgan.
2001-yilda Buxoro davlat tibbiyot institutini tamomlagan.
2001—2002 — Buxoro davlat tibbiyot instituti Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida kichik ilmiy xodim.
2006—2008 — Buxoro davlat tibbiyot instituti jarrohlik stomatologiya kafedrasi assistenti.
2008—2009 — Buxoro davlat tibbiyot instituti jarrohlik stomatologiya kafedrasi mudiri — bir vaqtda fan va yangi texnologiyalar kafedrasi mudiri.
2009—2010 — Buxoro davlat tibbiyot instituti stomatologiya fakulteti dekani — bir vaqtning o‘zida jarrohlik stomatologiya kafedrasi mudiri.
2010—2012 — Buxoro davlat tibbiyot instituti jarrohlik stomatologiya kafedrasi mudiri — akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limining sirtqi bo‘limi boshlig‘i.
2012—2014 — Buxoro davlat tibbiyot instituti stomatologiya fakulteti dekani.
2014—2015 — Toshkent davlat stomatologiya instituti Buxoro filiali stomatologiya fakulteti dekani.
2015—2016 — Toshkent davlat stomatologiya instituti Buxoro filiali direktori.
2016—2017 — Buxoro davlat tibbiyot instituti stomatologiya fakulteti dekani.
2017—2020 — Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori.
2020-yil iyul-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari.
2020-yil 3-noyabrdan 2022-yil 28-dekabrgacha sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari.
2021-yildan hozirgi vaqtgacha JSSTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori.
2022-yil 28-dekabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri.
2023-yil 14-yanvarda tibbiy ta’limni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun Turkiya Sog‘liq bilimlari universitetining faxriy professori unvoni berildi.
Tanqidlar
2023-yil 6-fevralda shifokorlarning sharoitini yaxshilash korrupsiyaning oldini olishga xizmat qilishi to‘g‘risidagi taklifga Amrillo Inoyatovning „Bemorga mehr bilan yondoshsangiz, rozi bo‘lib, o‘zi sizga berib ketadi“ mazmunidagi fikri ijtimoiy tarmoqlarda turli eʼtirozlarga sabab boʻlgan. Antikorrupsiya agentligi bunga munosabat bildirib, „Mazkur taklif tizimda korrupsiyaviy jinoyatlar sonining ortishiga hamda shifokor kasbi mavqeining pasayishiga, sog‘liqni saqlash tizimiga xalqning ishonchi kamayishiga sabab bo‘ladi“, — deya bayonot bergan.
Ilmiy faoliyati
2020-yildan „World Medicine Journal“ tahrir hay’ati raisi.
„Tugʻma lab va tanglay yorigʻi boʻlgan yosh bolalarning immunitet tizimining holati“, „Tugʻma lab va tanglay yorigʻi boʻlgan bolalarda immun mediatorlari darajasi“ (2012), „Metal-keramika va sirkoniy protezlar bilan protezlash paytida periodontal toʻqimalarning strukturaviy va funktsional oʻzgarishlarini qiyosiy baholash“ (2020) kabi ilmiy maqolalar muallifi.
Mukofotlari
1-darajali „Salomatlik“ ordeni bilan mukofotlangan.
Oilasi
Otasi — Inoyatov Shodi Shodiyevich (1954-yilda tugʻilgan).
Onasi — Istatova Munira Istatovna.
Uylangan, ikki farzandi bor.
Turmush oʻrtogʻi — Inoyatova Nilufar Rahmatovna, plastik jarroh, dermatolog va kosmetolog (1981-yilda tugʻilgan).
Manbalar
uz.wikipedia.org