Amr Diyab
Amr Diyab (1961-yil 11-oktyabr — hozirgacha) — misrlik qoʻshiqchi, bastakor va aktyor boʻlib, eng mashhur arablar Top 30 taligidan joy olgan.
Hayoti
Amr Diyab(arabcha عمرو عبد الباسط عبد العزيز دياب) Misrning Port-Said shahrida oʻrtahol musulmon oilasida dunyoga kelgan. 1986-yilda Qohira sanʼat akademiyasining musiqa yoʻnalishini tamomlab, bakalavr diplomini qoʻlga kiritgan. 1994-yilda misrlik aktrisa Sharin Reda bilan turmush qurgan. Hozirda 4 nafar farzandi bor.
Faoliyati
Uning „Ya Toriq“ deb nomlangan ilk musiqiy albomi 1983-yilda muxlislarga taqdim etilgan. Shundan soʻng uning „Gʻonniy min qolbik“(1984), „Ya halva“(1985), „Hala hala“(1986), „Habibi“(1991), „Nur ul-ayn“(1996), „Allim qolbiy“(2003), „Allayla“(2013) va „Sahron“(2020) kabi albomlari chiqqan. Amr Diyab oxirgi albomini "Ya ana ya la"ni 2021-yilda tamomlagan.
Bundan tashqari Amr Diyab bir qancha kinolarda ham rol ijro etgan. Quyida ularning nomi va suratga olingan yili keltiriladi:
Diskografiyasi
Mukofotlari
1996-yilda „Nur ul-ayn“ albomi tufayli Jahon musiqa mukofotini qoʻlga kiritgan. Aynan shu mukofot bilan 1997-2001-2007-2014-2020-yillarda qayta-qayta taqdirlangan. 2009-2010-yillarda esa Afrikaning musiqa boʻyicha taʼsis etilgan 6 ta mukofotiga erishgan. 2016-yilga kelib dunyo boʻyicha eng koʻp mukofotga ega boʻlgan qoʻshiqchi sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan.
Manbalar
Havolalar
„Egypt’s megastar Amr Diab to perform live in Riyadh on February 24“ (21-fevral 2022-yil). Qaraldi: 10-dekabr 2022-yil.
uz.wikipedia.org