Amr as-Sakaniy
Amr ibn Isʼhoq ibn Ibrohim ibn Ahmad ibn as-Sakan al-Asadiy as-Sakaniy (Abul Hasan) – o‘z asrining muhaddisi bo‘lgan. O‘z shahrida arab shayxi hisoblangan. Buxoro, Marv, Bag‘dod va Kufada hadis tinglagan. U ulamolardan, undan esa boshqalar rivoyat qilganlar. Amr as-Sakaniy hijriy 344-yilda vafot etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org