AMPUTATSIYA (lotincha amputatio — kesmoq) — qo’l-oyoqning periferik qismini yoki biror a’zoni, masalan, sut bezi, to’g’ri ichak, bachadonni batamom yoki qisman kesib tashlash operatsiyasi, gangrena, og’ir shikastlanish va boshqa hollarda qo’llaniladi. Qo’l-oyoq yoki uning bir qismini bo’g’imdan ajratib olib kesib tashlash ekzartikulyatsiya deb ataladi. Amplutatsiya qadimdan ma’lum. Hozirgi zamon tibbiyoti jarohatning yiringlanib yallig’lanishiga yo’l qo’ymaydigan bir qancha choralarni ko’radi. Amplutatsiya keng tarqalgan usuldir. Amplutatsiyada qo’l-oyoqning kesmay qoldirilgan bo’lagi qimirlaydigan va protezlanadigan (yasama qo’l yoki oyoq qo’yiladigan) bo’lishi nazarda tutiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish