AMPLITUDAVIY ANALIZATOR



AMPLITUDAVIY ANALIZATOR – elektr impulelar amplitudalarining taqsimlanish qonuniyatini topish uchun ishlatiladigan qurilma. Amplitudaviy analizator yordamida, odatda, tasodifiy impuls jarayoni amplitudasining shu amplituda oralig’ida paydo bo’lgan impulslar soni bo’yicha taqsimlanishi taxlil qilinadi. Amplitudaviy analizator eksperemental fizikada har xil nurlanish zarrachalari energiyasining taqsimlanishini tahlil qilishda, uzluksiz tasodifiy jarayonni tekshirishda, radiolokatsiya va radioaloqada signallarning murakkab shaklini taxlil qilishda ishlatiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz