AMPLIDIN



AMPLIDIN (lotincha amplisico — kuchaytiraman va Yunoncha dumanis — kuch), elektr mashina kuchaytirgichi — birlamchi cho’lg’amga beriladigan signal quvvatini birlamchi dvigatel energiyasi hisobiga kuchaytiruvchi elektr mashina (o’zgarmas tok generatori). Uyg’otish zanjirida quvvatning kichik (Vt ulushida) o’zgarishi tok zanjiridagi quvvatning ancha (bir necha kVt) o’zgarishiga olib keladi. Amplidin o’zgarmas va o’zgaruvchan tok generatorining kuchlanishini rostlashda, avtomatik boshqarish va rostlash tizimlarida keng ishlatiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz