AMPER QOIDASI
AMPER QOIDASI, chap qo’l qoidasi — magnit maydoniga kiritilgan o’tkazgichdan tok o’tganda unga ta’sir etuvchi mexanik kuch yo’nalishini aniqlaydigan qoida. Agar chap qo’lni magnit maydon kuchlanganligi kaftga tomon yo’naladigan qilib, ochilgan to’rt barmoqni tok yo’nalishi bo’yicha tutilsa, u holda bosh barmoq o’tkazgichga ta’sir etuvchi kuch yo’nalishini ko’rsatadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz