Ampelokipoi
Bilgi quti
Ampelokipoi Ampelokipi ( grekcha: Αμπελόκηποι , talaffuzda [am.beˈlo.ci.pi] ), "uzumzorlar" degan ma'noni anglatadi, bu Afina shahrining katta va markazda joylashgan tumanidir. Ampelokipoi Afinaning markazida, Zografou, Goudi, Psychiko va Pagkratiga yaqin joyda joylashgan. Bu joy 1922-yilda bunyod bo'lgandan buyon Panathinaikosning o'yiniga mezbonlik vazifasini o'tagani bilan hammaga mashhurdir.
Tumanda ikkita metro bekati mavjud. Ular: Ambelokipi stantsiyasi va Panormou stantsiyasi .
Tarixi
19-asr boshlarida, Yunon mustaqilligidan bir qancha oldin Ampelokipoi Afinadan bir necha kilometr shimoli-sharqda paydo bo'lgan qishloq edi.Shu davrda ko'rsatilgan ma'lumotlarda Ampelokipoi qishlog'ini ko'rishimiz mumkin.19-asr oxirida esa qishloq hali hamon Afina shahri aglomeratsiyasi chegaralaridan ancha uzoqda joylashgan hududda edi. Ma'lum davrlardan so'ng esa ushbu hududda boy Afina aholisining uylari qurila boshlangan. Musaffo iqlim tufayli Ampelokipoyda 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida boshlarida aholi ehtiyojidan kelib chiqib, judayam ko'p shifoxonalar bunyod etilgan. Hozirgi kunda bu joyda Erythros Stavros shifoxonsi (Qizil Xoch), Errikos Dynan shifoxonasi, Ippokrateio shifoxonasi, Elpis shifoxonasi va Agios Sabbas shifoxonasi bor. Ampelokipoydagi insonlarning qo'zg'alishidan so'ng va Kichik Osiyodagi chigallikdan keyin, 1922-yilda, shu hududga yana qaytib o'rnashgandan bir qancha o'tib ko'plab qochqinliklar kelib chiqdi. Qochqinlar o'sha hududda hayot tarzi olib borishi uchun avval hukumat Panathinaikos stadionining o'sha davrlarda bunyod etilgan hududini tanlab olgan edi. Shundan so'ng, qochqinlar va "Panatinaikos" ishqibozlari orasida kelishmovchiliklar kelib chiqdi va so'nggida hukumat qochoqlarni yashash hududini almashtirishga majbur bo'ldi. Yangi tuman Kountouriotika nomi bilan nomlandi va bu hudud "Panatinaikos" stadioni yaqinida joylashgan edi. Bir necha yillardan keyin, hukumat qochoqlar uchun "Panatinaikos" stadioni qarshisida Aleksandra ko'chasidagi prosfygika deb ataluvchi yangi ko'cha mahallasini yaratdi. Bu hududdagi uylar 1933-1935- yillarda qurilgan va ayni damda ularning ma'lum qismi tarixiy merosimizning qimmatli binolari hisoblanadi.
Sportlari
Ampelokipoi - hozirda "Panatinaikos" hududi joylashgan joydir. Shu bilan bir qatorda, bu joy 1929-yilda mavjud bo'jgan basketbol klubi Ampelokipoi BC uyi ham hisoblanadi.
Binolar
Hududda mavjud bo'lgan asosiy binolar:
Hukumat binolari
Shifoxonalar
Maktablar
Boshqa
Mehmonxonalar
Kinoteatrlar
Aholi yashash ko'chalari
Bu Ampelokipoi hududidagi turar-joy ko'chalarining ro'yxatidir. Ularning ko'pi geografik joylashuv nomlari bilan nomlangan:
Manbalar
uz.wikipedia.org