AMORTIZATSIYA (lotincha amortisatio — qoplash), asosiy kapital (fondlar) amortizasiyasi— asosiy kapital (mashina, mexanizmlar, jihozlar, binolar, inshootlar) ning ekspluatatsiya jarayonida eskirishi va ayni paytda ular qiymatining muayyan davr davomida ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarga o’tib borishi. Asosiy vositalar moddiy yoki jismonan va ma’naviy eskiradi. Moddiy eskirish mehnat vositalaridan foydalanish jadalligi va uning korxonada ishlatilgan muddatlari bilan belgilanadi. Ma’naviy eskirish texnika taraqqiyoti natijasida mehnat vositalarining arzonlashuvi hamda iqtisodiy jihatdan mukammal bo’lgan yangi mehnat vositalarining yaratilishi va joriy qilinishi bilan bog’liq. Amortizatsiya me’yori asosiy fondlar turiga, xizmat qilish muddatlariga ko’ra tabaqalashtiriladi. Amortizatsiya qiymati mahsulotning i.ch. tannarxiga kiritib boriladi. Mahsulot sotilgach, bu qiymat amortizasiya ajratmalari ko’rinishida eskirgan jihozlar o’rniga yangisini sotib olish uchun zarur bo’lgan mablag’lar summasi tarzida jamg’ariladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish