Amoksitsillin
Amoksitsillin — dori vositasi, yarim sintetik antibiotik, penitsillinlar guruhining keng spektrga ega vakili, bakterial infeksiyalarni davolashda ishlatiladi. Uning davolash spektriga oʻrta quloq infeksiyasi, tonzillit, pnevmoniya, teri infeksiyalari va siydik yoʻllari infeksiyalari kiradi. Ogʻiz orqali yoki inyeksiya yoʻli bilan qabul qilinadi.
Keng tarqalgan nojoʻya taʼsirlariga koʻngil aynishi va toshmalar kiradi. Bundan tashqari u achitqi infektsiyalari havfini oshirishi mumkin, klavulan kislotasi bilan birgalikda qoʻllanilganda diareyaga olib kelishi ham mumkin. Preparat penitsillinga allergiyasi boʻlganlar tomonidan foydalanilmasligi kerak. Buyrak muammolari da ishlatilishi mumkin boʻlsa-da, dozani kamaytirish kerak boʻlishi mumkin. Homiladorlik va emizish davrida foydalanish havfli emas. Amoksitsillin beta-laktam antibiotiklar guruhiga kiradi. Farmakologik xususiyatlariga koʻra, u ampitsillinga yaqin, ammo undan farqli oʻlaroq, ichilganda yaxshi biomavjudlikka ega. Amoksitsillin, boshqa koʻplab beta-laktam antibiotiklari singari, maʼlum bakteriyalar tomonidan ishlab chiqarilgan beta-laktamazalar tomonidan parchalanishga moyil, shuning uchun u koʻpincha klavulan kislotasi bilan birgalikda qoʻllaniladi, bu kislota fermentlarning ingibitori sifatida ishlaydi.
Tibbiyotda qoʻllanilishi
Amoksitsillin bir qator infektsiyalarni, jumladan oʻtkir oʻrta otit, streptokokkli faringit, pnevmoniya, teri infeksiyalari, siydik yoʻllari infeksiyalari, salmonella infeksiyalari, Laym kasalligi va xlamidiya infeksiyalarini davolash uchun ishlatiladi.
Oʻtkir oʻrta otit
Oʻtkir oʻrta otitda 6 oygacha boʻlgan bolalar odatda amoksitsillin yoki boshqa antibiotiklar bilan davolanadi. Oʻtkir oʻrta otit boʻlgan ikki yoshdan oshgan bolalarning koʻpchiligi amoksitsillin yoki boshqa antibiotiklar bilan davolashdan foyda keltirmasa ham, bunday davolash ikki yoshga toʻlmagan ikki tomonlama oʻtkir oʻrta otit boʻlgan (quloq drenajlanishi bilan kuzatiladigan) bolalar uchun foydaliboʻlishi mumkin. Oʻtmishda oʻtkir oʻrta otitni davolashda amoksitsillin kuniga uch martaga buyurilgan, buning natijasida kundalik ambulatoriya amaliyotida dozani oʻtkazib yuborish xolatlari kuzatilgan. Hozirgi kunda kuniga ikki marta yoki bir marta dozani ichish xuddi shunday samaradorlikka ega ekanligi haqida dalillar mavjud.
Nafas olish yoʻllari infektsiyalari
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) amoksitsillinni „ogʻir“ boʻlmagan pnevmoniya uchun birinchi darajali davolash usuli sifatida tavsiya qiladi. Amoksitsillin Buyuk Britaniya Milliy Sogʻliqni saqlash va Taʼlim Instituti tomonidan kattalardagi shifoxonadan tashqari pnevmoniya uchun birinchi darajali davolash usuli sifatida yakka oʻzi (yengil va oʻrta darajadagi kasallik) yoki makrolidlar bilan birgalikda tavsiya etiladi. Amoksitsillin kuydirgini postkontakt ingalatsiyalashda kasallikning rivojlanishini oldini olish va profilaktika maqsadida qoʻllaniladi [ norasmiy manba? . Sinusitni aksariyat holatlarda viruslar keltirib chiqaradi, bunda amoksitsillin va amoksitsillin-klavulanat samarasiz hisoblanadi, amoksitsillinning kasllikda ozgina foydasidan nojoʻya taʼsiri koʻproq boʻlishi mumkin.
Helicobacter pylori
U Helicobacter pylori keltirib chiqargan oshqozon infeksiyalarida koʻp komponentli davolash rejimining bir qismi sifatida samarali hisoblanadi. Odatda proton nasosi inhibitorlarii (masalan, omeprazol) va makrolid antibiotiklari (masalan, klaritromitsin) bilan birga qoʻllaniladi; boshqa dori kombinatsiyalari ham samarali.
Laym borreliozi
Amoksitsillin erta Laym teri borreliozini davolashda samarali; Ogʻiz orqali yuboriladigan amoksitsillinning samaradorligi va havfsizligi anʼanaviy muqobil antibiotiklardan yaxshiroq.
Teri infeksiyalari
Amoksitsillin baʼzida teri infeksiyalarini davolash uchun ishlatiladi, masalan, akne vulgaris. Bu koʻpincha doksisiklin va minosiklin kabi boshqa antibiotiklarga yaxshi javob bermaydigan akne vulgaris uchun samarali davo hisoblanadi.
Resurs cheklangan sharoitlarda chaqaloqlardagi infeksiyalar
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti amoksitsillinni ota-onalar bolaning kasalxonaga yotqizilishini qabul qila olmaydigan yoki istamaydigan resurslar cheklangan holatlarda pnevmoniya belgilari va simptomlari boʻlgan chaqaloqlarni davolash uchun tavsiya qiladi. Amoksitsillin gentamitsin bilan birgalikda kasalxonaga yotqizishning iloji boʻlmaganda, boshqa ogʻir infeksiyalar belgilari boʻlgan chaqaloqlarni davolash uchun tavsiya etiladi.
Bakterial endokardit profilaktikasi
Bundan tashqari, stomatologiya bilan shugʻullanadigan, kasallanish havfli yuqori odamlarda bakterial endokarditning oldini olish, oʻroqsimon hujayrali anemiyasi boʻlgan taloqsiz odamlarda Streptococcus pneumoniae va boshqa kapsulalangan bakterial infektsiyalarning oldini olish va kuydirgining oldini olish va davolash uchun ishlatiladi. Birlashgan Qirollik uni infektsion endokarditning oldini olish uchun ishlatishni tavsiya etmaydi. Tadqiqotlarga koʻra ushbu tavsiyalar infeksion endokardit bilan kasallanish darajasiga taʼsir qilmagan.
Kombinatsiyalangan davolash
Amoksitsillin koʻpchilik b-laktam antibiotiklariga, masalan, penitsillinga chidamli boʻlgan b-laktamaza ishlab chiqaruvchi bakteriyalar tomonidan parchalanishga moyil. Shu sababli, u b-laktamaza inhibitori boʻlgan klavulan kislotasi bilan kombinatsiya qilinishi mumkin.
Faollik spektri
Aamoksitsillin aminopenitsillinlar oilasiga kiruvchi, oʻrtacha taʼsir doirasiga ega bakteriolitik b-laktam antibiotik, sezgir grammusbat va grammusbat bakteriyalarni davolash uchun ishlatiladi. Odatda bu sinfda tanlanadigan dori, chunki u boshqa b-laktam antibiotiklariga qaraganda ogʻiz orqali yuborilgandan keyin yaxshiroq soʻriladi. Umuman olganda, Streptococcus, Bacillus subtilis, Enterococcus, Haemophilus, Helicobacter va Moraxella amoksitsillinga sezgir, Citrobacter, Klebsiella va Pseudomonas aeruginosa esa unga chidamli. Baʼzi E. coli va Staphylococcus aureusning koʻpgina klinik shtammlari amoksitsillinga maʼlum darajada rezistentlik xosil qilgan.
Qoʻllashga koʻrsatmalar
Amoksitsillinga sezgir mikroflora keltirib chiqargan bakterial infeksiyalar: nafas olish yoʻllari va yuqori nafas yoʻllarining infeksiyalari (sinusit, faringit, tonzillit, oʻtkir otitlar; bronxit, pnevmoniya), siydik tanosil tizimi (piyelonefrit, piyelit, sistit, endometrit, uretrit, endometrit, servitsit), oshqozon-ichak trakti (peritonit, enterokolit, qorin tifi, xolangit, xoletsistit,Helicobacter pylori infeksiyasi keltirib chiqargan gastrit), teri va yumshoq toʻqimalar infeksiyalari (roja, impetigo, ikkilamchi infeksiyalangan dermatoz, leptospiroz, listerioz, Laym kasalligi (borrelioz), dizenteriya, salmonellyoz, salmonella tashuvchanlik, meningit, endokardit (profilaktika), sepsis.
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Yuqori sezuvchanlik (shu jumladan, boshqa penitsillinlar, sefalosporinlar, karbapenemlarga ham), allergik diatez, bronxial astma, pollinoz, infeksion mononukleoz, limfositik leykemiya, jigar yetishmovchiligi, anamnezda oshqozon-ichak trakti kasalliklari (ayniqsa, antibiotiklar qabul qilish bilan bogʻliq boʻlgan kolit), emizish davri, bolalik va qarilik.
Ehtiyotkorlik bilan — homiladorlik, buyrak yetishmovchiligi, anamnezda qon ketishi.
Qoʻllash
Ovqatdan oldin yoki keyin ichiladi.
Shifokor retsepti boʻyicha.
Dozani oshirib yuborish
Simptomlari: koʻngil aynishi, qusish, diareya, suv-elektrolitlar balansining buzilishi (qusish va diareya natijasida).
Davolash: oshqozonni yuvish, faollashtirilgan koʻmir, tuzli ich surgi dorilar, suv va elektrolitlar muvozanatini saqlash uchun preparatlar; gemodializ.
Manbalar
uz.wikipedia.org