Ammoniylashuv




Ammoniylashuv , ammonifika-siya (ammoniy va lot. facio — qilaman) — azotli organik moddalarning ammiak ajratib parchalanish jarayoni. Tuproqda azotli moddalarning koʻpchiligi (99%) oʻsimliklar oʻzlashtira olmaydigan (gumus, organik oʻgʻitlar, oʻsimliklar qoldiqlari, hayvonot va mikroorga-nizmlar qoldiklari) holda boʻladi. A. jarayoni natijasida ular oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan holga keladi. Oqsil moddalar tuproqda chirituvchi bakteriyalar, shuningdek aktinomitsetlar va mogʻor zamburugʻlar taʼsirida parchalanib, am-miak hosil qiladi. Ammiak A. davrida paydo boʻlgan oddiy kislotalar bilan birga reaksiyaga kirishib, ammoniyning suvda oson eriydigan tuzlarini hosil qiladi. Ammoniyning bunday shakldagi turlarini oʻsimliklar oson oʻzlashtiradi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz