Ammoniy nitrat




Ammoniy nitrat , ammiakli selitra — rangsiz, kristall modda, gigroskopik. Zichligi 820 kg/m³. Suyuklanish temperaturasi 169,6 °C, suvda yaxshi eriydi, bunda issiqlik yutiladi (1 g tuz 1 g suvda eriganda temperatura 15dan −10 °C gacha pasayadi). Ammoniy nitrat suyultirilgan nitrat kislotaga ammiak taʼsir ettirish yoʻli bilan olinadi. MDH mamlakatlarida A, B va V markalari ishlab chiqariladi. A, B markasi sanoatda portlovchi moddalar (ammonitlar) tay-yorlashda ishlatiladi. Ammoniy nitratning V markasi koʻproq tarqalgan, hosildorlikka kuchli taʼsir etuvchi oʻgʻit tarkibida 34% sof azot bor. Ekinlarni ekishdan oldin va oʻsish davrida yerga asosiy oʻgʻit sifatida solinadi, ayniqsa gʻoʻza par-varishida koʻp ishlatiladi. Ammoniy nitrat yuqori gigroskopik xususiyatga ega boʻlganligi sababli saqdash paytida nam tortib qotib qoladi. Shuning uchun u nam oʻtkaz-maydigan qoplarda quruq bi-nolarda saqlanishi kerak. Ammoniy nitratning nam yutishi va qotishini kamaytirish uchun unga turli xil moddalar qoʻshib, dona-dor holda ishlab chiqariladi. Bu holdagi Ammoniy nitrat yaxshi saqlanadi. Ammoniy nitrat oʻgʻiti Chirchiq, Fargʻona, Navoiy kimyo kombinatlarida ishlab chiqariladi (qarang Azotli oʻgʻitlar).

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz