Amman xalqaro stadioni
Amman xalqaro stadioni (arabcha: ستاد عمان الدولي) – Iordaniya, Amman, Al-Husayn shahridagi stadion. Bu Iordaniyadagi eng katta stadion hsioblanadi. Stadion 1964-yilda qurilgan va 1968-yilda ochilgan. Stadion Iordaniya hukumatiga tegishli va Yoshlar Oliy Kengashi tomonidan boshqariladi. Iordaniya milliy futbol jamoasi va Al-Faisaly SC jamoasi uy stadioni sifatida foydalanadi. Ayni paytda u 17619 tomoshabinni sigʻdira oladi.
Tavsifi
Iordaniya terma jamoasining uy oʻyinlaridan tashqari, stadionda Iordaniya futbolidagi boshqa muhim oʻyinlar, jumladan, Iordaniya Pro-ligasi, Iordaniya liga kubogi, Iordaniya Qalqoni kubogi va Iordaniya Superkubogi oʻyinlari oʻtkaziladi.
Shuningdek, u 1988-yilgi Arab Millatlar Kubogi, 1996-yilgi Arab Kubogi gʻoliblari kubogi, 1999-yilgi Pan Arab oʻyinlari, 2003-yilgi arab atletika chempionati, 2005-yilgi WAFF ayollar chempionati, 2007-yilgi Arab Millatlar Kubogi, Yengil atletika boʻyicha arab chempionati kabi boshqa turnirlarga mezbonlik qilgan.
Manbalar
Havolalar
Koordinatalari: 31°59′6.37″N 35°54′10.25″E / 31.9851028°N 35.9028472°E / 31.9851028; 35.9028472 G O
uz.wikipedia.org