Amlokdor




Amlokdor (arab, amlok, mulk soʻzining koʻpligi, fors-tojik. dor  ega) — Buxoro xonligidagi bekliklarga qarashli eng kichik maʼmuriy boʻlinma (amlokdorlik)ni boshqaruvchi amal-dor. A. aholining oʻziga toʻq vakillaridan boʻlib, bek tomonidan tayinlangan va bir necha katta va kichik qishloqlar uning ixtiyorida boʻlgan. U xiroj yigʻish, dehqonlar yetishtirgan hosilni hisobga olish, soliq toʻlamaganlarni jazolash, jarima solish kabi ishlar bilan shugʻullanib, kotib (mirzo), mirob, amin, oqsoqollar yordamida amlokdorlikni idora qilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz