AMIRZODA MAQBARASI – Samarqanddagi Shohizinda maqbaralaridan biri (14-asr). Maqbara, dafn etilgan shaxsning ismi ma’lum bo’lmasada, shartli ravishda Amirzoda maqbarasi deb ataladi. Maqbara peshtoqidagi hoshiyalar orasidagi yozuvda amirzodaning o’lgan yiligina (1386) ko’rsatilgan. Maqbaraning asosi to’g’ri to’rtburchak tarhli (10×9,2 metr). Poygumbaz sakkiz qirrali, gumbazi qobirg’ali. Peshtoqni murakkab islimiy va girih naqshlaridan iborat sirkor parchin va Arab yozuvlari bezaydi. Maqbaraning ichi o’ziga xos hashamatli va shinam. Devorlari ganch bilan suvalgan, tokcha, gumbaz ostidagi ravoqchalar bezagi sodda.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish