AMIRQULOV HUSAN



AMIRQULOV HUSAN (1940.18.2, Qashqadaryo viloyati, Boyterak qishlog’i) — O’zbekiston xalq artisti (1997). Toshkent davlat san’at institutini tugatgach (1963), Surxondaryo (1963-66), Sirdaryo (1966-74), Jizzax (1974-79) teatrlarida ishlagan, 1979 yildan Qashqadaryo teatrida. Asosiy rollari: G’ani (“Aldangan qiz”), Murod (“Parvona”), Ferdinand (“Makr va muhabbat”), Alisher Navoiy (“Alisher Navoiy”), Aldar ko’sa (“Addar ko’sa”), Mo’min (“Oltin devor”), Sa’diyev (“O’n uchinchi rais”), Abulfayzxon (“Abulfayzxon”), Amir Temur (“Amir Temur”) va boshqalar. Amirqulov yaratgan obrazlari o’zining to’laqonliligi, ijroda davr nafasini mohirona yetkaza olishi, tarixiy asarlarda yaratgan o’ziga xos, boy sahna chizgilari bilan ajralib turadi. Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti laureati (1993).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz