Amirlik




Amirlik  — islom mamlakatlarida amir tomonidan boshqariladigan mulk, viloyat. Arab xalifaligi davrida bunday mulk boshligʻi xalifa tomonidan tayinlangan yoxud tasdiqlangan. Xalifalik parchalangach hamda 20-asr gacha ham mustaqil, ham vassal mulklar A. deb atalgan (mas, Arabiston yarim oroldagi Najd, Shammor, Asir, hozirgi Birlashgan Arab amirliklari va boshqalar). Muayyan davlat bir-lashmasining A. deb atalishi shartli boʻlib, tarixshunoslikda qabul qilingan anʼanaga bogʻliq (mas, Buxoro amirligi).

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz