AMIRI SHIKOR



AMIRI SHIKOR, ov amiri -Turkiston xonliklarida saroy mansabi. Ma’lumki, ov hukmdorlar hayotida muhim o’rin tutgan. Amiri shikor xon va sultonlar ovlarini tashkil qilib turishi lozim bo’lgan. Shikorgoh atrofidagi qishloqlarning aholisi o’z oti, qurol-aslahasi bilan kelib, xon va sultonlarning ov qilishiga yordam berishini va undan tashqari ularni qo’nib qolganlarida qo’nar joy, oziq-ovqat bilan ta’min etishni tashkil qilish Amiri shikor zimmasiga yuklangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz