Amiri




Amiri  — qovunnnng oʻrtapishar navi. Shakli choʻziq (25-40 sm), ogʻirligi 3- 4 kg. Sirti toʻrsiz (baʼzi A.larning faqat band tomonida bir oz toʻri boʻladi), usti yoʻl-yoʻl, och yoki toʻqyashil. Eti 4-5 sm qalinlikda, koʻkimtir yoki qizgʻish, kuvrak, juda shirin, tarkibida 12% gacha qand bor. Urugʻi yirik, choʻziq, och sariq. Urugʻidan chiqqanidan keyin 80-90 kunda hosili pishadi. Asosan Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari, Qoraqalpogʻistonda ekiladi. Hosildorligi 300-350 s/ga. Uzoqqa yuborishga va saqlashga chidamsiz.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz