Amir Khan (hind aktyori)




Muhammad Amir Husayn Khan (talaffuzi [ˈaːmɪr xaːn] ; 1965-yil 14-martda tugʻilgan) hind kinolari rejissyori, prodyuseri va aktyori. Khan oʻzining 30 yillik faoliyati davomida oʻzini hind kinosining eng mashhur va nufuzli aktyorlaridan biri sifatida koʻrsatdi. Khan koʻplab mukofotlar, jumladan, toʻqqizta Filmfare mukofoti, toʻrtta Milliy kino mukofoti va AACTA mukofoti sohibi boʻlib, uning filmlaridan biri Akademiya mukofoti nominatsiyasini olgan. U Hindiston hukumati tomonidan 2003-yilda Padma Shri va 2010-yilda Padma Bhushan ordeni bilan taqdirlangan va 2017-yilda Xitoy hukumati tomonidan faxriy unvon olgan

Khan birinchi marta ekranda amakisi Nosir Husaynning Yaadon Ki Baaraat (1973) filmida bola aktyor sifatida paydo boʻlgan. Voyaga yetganida oʻynagan, birinchi roli Xoli (1984) edi. Profissional aktyorlik faoliyatini “ Qayamat Se Qayamat Tak ” (1988) filmida bosh rol bilan boshlagan. Uning " Raax " filmidagi ijrosi (1989) unga „ Maxsus eʼtirof“ nominatsiyasida Milliy kino mukofotini olib keldi. U 1990-yillarda iqtisodiy jihatdan muvaffaqiyatli boʻlgan bir qator filmlarda suratga tushdi. Jumladan, Dil (1990), Raja Hindustani (1996) filmlarida suratga tushish orqali oʻzini yetakchi aktyor sifatida koʻrsatdi va bu film uchun u birinchi marta eng yaxshi aktyor uchun Filmfare mukofotini qoʻlga kiritdi.

1999-yilda u Aamir Khan Productions-ga asos solgan, uning birinchi filmi Lagaan (2001) chet tilidagi eng yaxshi film uchun Akademiya mukofotiga nomzod boʻlgan va unga eng yaxshi mashhur film uchun Milliy kino mukofoti va yana ikkita Filmfare (eng yaxshi aktyor va eng yaxshi film) mukofotini taqdim etgan. Toʻrt yillik tanaffusdan soʻng Xon yana bosh rollarda, xususan, “ Fanaa ” (2006) va “ Rang De Basanti ” (2006) filmlarida paydo boʻldi. U Taare Zameen Par filmi (2007) bilan rejissyorlik debyutini amalga oshirdi, bu film unga eng yaxshi film va eng yaxshi rejissyor uchun Filmfare mukofotlarini olib keldi. Xonning eng katta tijoriy muvaffaqiyatlari Ghajini (2008), 3 Idiots (2009), Dhoom 3 (2013), PK (2014) va Dangal (2016) filmlari bilan keldi, ularning har biri eng yuqori daromad keltiruvchi hind filmi rekordini oʻrnatgan. Xan Filmfare filmida Dangal filmi uchun uch marta eng yaxshi erkak aktyor mukofotini qoʻlga mukofotlar muk

U juda koʻp muxlislarga ega, ayniqsa Xitoy va Hindistonda uning izdoshlari koʻplab topiladi. Shuningdek, u Newsweek tomonidan dunyodagi „eng katta kino yulduzi“ deb taʼriflangan U muntazam ravishda dunyoning 500 ta eng nufuzli musulmonlari roʻyxatida turadi. Khan insonparvar faol jamoatchi hamdir. U turli ijtimoiy siyosiy bahslarga sabab boʻlgan. Shuningdek, u Satyamev Jayate telekoʻrsatuvini yaratdi va unda boshlovchilik faoliyatini olib bordi. Uning ijtimoiy islohotchi sifatidagi faoliyati 2013-yilda dunyoning eng nufuzli odamlari Time 100. roʻyhatiga kirishga sabab boʻldi. Xon ikki marta uylangan va uning uch farzandi bor.

Bolaligi



Muhammad Aamir Husayn Khan 1965-yil 14-martda Bombeyda kino prodyuseri Tohir Husayn va Zeenat Husayn oilasida tugʻilgan. Uning bir qancha qarindoshlari hind kino sanoatining aʼzolari edi, shu jumladan uning amakisi, prodyuser-rejissyor Nosir Husayn. buvisi Abul Kalom Azad Xon oilada toʻrt aka-uka kattasi; uning akasi Faysalxon va ikki singlisi Farhat va Nikhatxon bor. Uning jiyani Imron Xon zamonaviy hind kino aktyori. Xon, shuningdek, Rajya Sabhaning olti karra aʼzosi, Bharatiya Janata partiyasining sobiq vitse-prezidenti va Manipurning 16-gubernatori Najma Xeptullaning ikkinchi amakivachchasi, Abul Kalam Azadning jiyani.

Xon yosh aktyor sifatida ekranda ikkita kichik rolda paydo boʻldi. Sakkiz yoshida u Yaadon Ki Baaraatda (1973) paydo boʻldi bu uning Bollivuddagi birinchi filmi edi. Keyingi yili u Madhoshda Mahendra Sandxu obrazining yosh versiyasini tasvirladi, Khan JB Petit maktabida boshlangʻich taʼlim oldi, keyinchalik sakkizinchi sinfgacha Sent-Anna oʻrta maktabiga, Bandraga oʻtdi va toʻqqizinchi va oʻninchi sinflarni Bombaydagi Shotlandiya maktabida tugatdi. U shtat miqyosidagi chempionatlarda tennis oʻynadi va davlat miqyosidagi chempion ham boʻldi. U „Oʻqishdan koʻra koʻproq sport bilan shugʻullanishini“ yoqtiradi. Khan Mumbayning Narsi Monji kollejida oʻn ikkinchi sinfni tugatdi Otasining iqtisodiy muammolari sabab uning bolalik davri qiyinchilik bilan oʻtgan. Shuningdek, uning filmlari har doim ham omadli chiqavermagan.

Keyinchalik Khan Avantar nomli teatr guruhiga qoʻshildi va u yerda bir yildan ortiq vaqt davomida sahnada ishladi. U Prithvi teatrida kompaniyaning Gujarati spektaklida Kesar Bina kichik roli bilan sahnaga chiqdi. U hind spektakllarida va bitta ingliz pyesasida rol oʻynadi, u "Clearing House " deb nomlangan. Oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, Khan oʻqishni toʻxtatib, uning oʻrniga Husaynning " Manzil Manzil „ va “Zabardast " hind filmlarida rejissyor yordamchisi sifatida ishlashga qaror qildi.

Aktyorlik faoliyati




1984–1989: Debyut va martaba muammolari



Khan Husaynga yordam berishdan tashqari, Hindiston kino va televideniye instituti talabalari tomonidan suratga olingan hujjatli filmlarda rol oʻynagan. Rejissor Ketan Mehta oʻsha filmlarda Khanni iqtidorini sezdi va unga kam byudjetli " Holi " eksperimental filmida rol taklif qildi. Yangi kelganlar ansamblini oʻz ichiga olgan 'Holi Mahesh Elkunchvarning pyesasiga asoslangan[35]. The New York Times gazetasining taʼkidlashicha, film „melodramatik“ boʻlgan, ammo „havaskor aktyorlar tomonidan juda munosib va joʻshqin ijro etilgan“[36]. Khan shoʻx kollej talabasi rolida oʻynagan, lekin bu rol CNN-IBN tomonidan “arzimas” rol deya baholangan[35] edi[37].

Holi keng auditoriyani jalb qila olmadi, lekin Husayn va uning oʻgʻli Mansurning rejissyorlik debyuti Qayamat Se Qayamat Tak (1988) filmida Khan Juhi Chavlaga bilan bosh rolni ijro etdi Film javobsiz sevgi va ota-ona qarshiligi haqida boʻlib, Khan “qoʻshnining sofdil, baquvvat bolasi” Rajni tasvirlaydi. Bu katta tijoriy muvaffaqiyatga aylandi va Khan va Chavlani yulduzlikka aylantirdi. U yettita Filmfare mukofotini oldi, shu jumladan Khan uchun eng yaxshi erkak debyut kubogi ham berildi.

1990–2001: Muvaffaqiyatli martaba va aktyorlik tanaffusi



Khan 1990-yilda chiqarilgan beshta filmda rol oʻynagan. U Awwal Number, Tum Mere Ho, Deewana Mujh Sa Nahin yoki Jawani Zindabadda muvaffaqiyatga erisha olmadi. Biroq, Indra Kumar boshchiligidagi " Dil " romantik dramasi - ota-onalarning oʻsmirlik muhabbatiga qarshiligi haqidagi film - (Madxuri Diksit bilan) katta muvaffaqiyatga erishdi; yoshlar orasida juda mashhur boʻlgan bu fim yilning eng yuqori daromad keltirgan hind filmi sifatida paydo boʻldi. Shundan soʻng " Dil Xay Ke Manta Naxin " filmida Puja Bhatt bilan birga bosh rolni ijro etib, muvaffaqiyat qozondi.

Xon 1990-yillarning boshlarida bir qancha boshqa filmlarda, jumladan Jo Jeeta Vohi Sikandar (1992), Xum Xain Rahi Pyar Ke (1993) (uning ssenariysini ham oʻzi yozgan) va Rangela (1995)larda suratga tushgan. Ushbu filmlarning aksariyati tanqidiy va tijorat nuqtai nazaridan muvaffaqiyatli boʻlgan. Boshqa muvaffaqiyatlar orasida Andaz Apna Apna Film chiqarilishi tanqidchilar tomonidan yomon baholangan, ammo yillar davomida yuqori martabaga ega boʻlgan. Kamroq muvaffaqiyatli filmlar orasida Isi Ka Naam Zindagi va Daulat Ki Jung bor edi. 1993-yilda Khan Yash Chopraning " Parampara " filmida ham paydo boʻldi. Sunil Dutt, Vinod Xanna, Raveena Tandon va Saif Ali Xonni oʻz ichiga olgan ansambl tarkibiga ega boʻlishiga qaramay, film keng auditoriyani topa olmadi va tanqidiy va tijorat muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Shuningdek,Khan Time Machine filmida rol oʻynagan; ammo moliyaviy qiyinchiliklar tufayli film toʻxtatib qoʻyildi va ekranga chiqarilmadi.

2016-yilda Khan “Dangal” filmida prodyuserlik qildi va kurashchi Mahavir Singx Phogat rolini oʻynadi. U uni turli yoshda aks ettirishi kerak edi, yaʼni 20 yoshdan 60 yoshgacha. Dastlab uning vazni 98 kg edi va u avval katta Phogat rolini, vazn yoʻqotgandan keyin esa yosh Phogat rolini ijro etdi. Film tanqidchilarning ijobiy baholariga sazovor boʻldi va Bollivudda yuqori natijalarni qayd etdi. Butun dunyo boʻylab u ingliz tilidagi boʻlmagan filmlar ichida eng yuqori daromad keltirgan beshinchi film boʻldi va Khanga Hollywooddagi eng yuqori maoshlardan birini 42 million dollarga berdi. Film unga yana ikkita Filmfare mukofotini (eng yaxshi film va uchinchi marta eng yaxshi aktyor mukofotini) qoʻlga kiritdi.

2017-yil oktyabr oyida Khan oʻzining “Secret Superstar ” filmida ikkinchi darajali rolda oʻynadi. Film barcha davrlarning eng daromadli filmlaridan biriga aylandi, butun dunyo boʻylab cheklangan byudjetda est. ₹ 20 crore) va ayol qahramon ishtirokidagi eng yuqori daromad keltirgan hind filmi boʻldi.

2018-yil noyabr oyida u Amitabh Bachchan bilan birga „ Hindiston bezorilari“ sarguzasht filmida rol oʻynadi. Film tanqidchilarning salbiy baholarini oldi. Taxminiy byudjeti ₹ 300 crore) ga ishlab chiqarilgan bu fim Bollivudning eng qimmat filmlaridan biridir. Film butun dunyo boʻylab kassalarda ₹335 crore (AQSh$Andoza:To USD million) yigʻdi va oxirida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

2019-yil mart oyida, oʻzining 54 yoshga toʻlgan kunida Khan navbatdagi Laal Singx Chaddada, Forrest Gumpning moslashuvi koʻrishini tasdiqladi. Filmda Khan bosh rol oʻynaydi va rejissyor Advait Chandan boshchiligida, avvalroq u “Secret superstar” filmida Xonga yordam bergan edi. Film 2019-yil oktyabr oyida ishlab chiqarila boshlandi, Turkiyada 2020-yil sentyabrda yakunlandi va 2020-yilning Rojdestvo kunida chiqishi rejalashtirilgan edi, biroq COVID-19 pandemiyasi tufayli 2022-yil 11-avgustga qoldirilgan edi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz