Amir Fayzulla




Amir Fayzulla (1945-yil 15-yanvar — 2020-yil 21-dekabr) — hindshunos tarjimon, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi(2000), Hindistonning „Dr. Jorj Grirson“ xalqaro mukofoti sohibi (2020).

Tarjimai hol



Amir Fayzulla 1945 yil 15 yanvarda Gʻallaorol tumanida tugʻilgan. 1968 yili Toshkent Davlat universitetining Sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha hindshunos.

Faoliyati




Tarjimalari



Amir Fayzulla Hindiston, Surinam, Gollandiya, Moskvada boʻlib oʻtgan ilmiy anjumanlar qatnashchisi. Hindiy, urdu va rus tillaridan oʻzbek tiliga 30dan ortiq roman va qissa, 400 seriyadan ortiq hind filmini oʻzbek tiliga tarjima qildi, yuzlab publitsistik va ilmiy-maʼrifiy maqolalar muallifi.

Hind tilidan oʻzbek tiliga tarjimalari

„Hind xalq ertaklari“, „Toʻtinoma“ va „Ayyor vazir“ nomli hind ertaklarini (1990), Krishan Chandar, Yashpal, Premchand, Bhisham Sahniyning hikoyalarini (1960-1987), „Otash nafaslar“ (1973), „Indiraning sovgʻasi“ hikoyalar toʻplamlarini (1989), Prem Chandning „Najot“ (1976), „Jang maydoni“ (1983), „Fidoyi“ (2003), „Sevgi inʼomi“ (2007), „Nirmala“ (2016), Jagdish Chandarning „Oʻz uyida begona“ (1980), Bhisham Sahniyning „Basantiy“ (1997), Krishan Chandarning „Bir qizga ming oshiq“ (2011) kabi romanlari va Kartar Singx Duggalning „Kuzning toʻlinoy kechasi“ (2000)o‘zbek tiliga o‘girgan.

Filmlar va seriallar

Yozuvchi hind, urdu va rus tillaridan o‘zbek tiliga 30 dan ortiq roman va qissa, 400 seriyadan ortiq hind filmlarini tarjima qilgan. Amir Fayzulla „Mahobhorat“ va „Ramayana“ kabi mashhur hind seriallari tarjimoni sifatida tanilgan. Shuningdek, „Sangam“, „Muqaddas qasam“, „Miskinlar homiysi“, „Gul va olov“, filmlarini o‘zbek tiliga o‘girgan.

Kitoblar

Amir Fayzulla o‘zbek tilidan hindiy va urdu tillariga ham o‘zbek adiblarining bir qancha asarini tarjima qilgan. Uning urdu tilida „O‘zbekiston shoirlari“ (1972), hind tilida esa „O‘zbek adabiyoti namunalari hind tilida“ (2014) to‘plamlari chop etilgan. Tarjimon Uvaysiy va Nodira sheʼrlarini ham hindchaga o‘girgan. Oxirgi yillarda Teodor Drayzerning „Sarmoyador“ asarini o‘zbekchaga tarjima qilgan.

Unvonlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz