Amir al-Mo‘minin




Amir al-Moʻminin (arabmoʻminlar amiri) — ilk islom davridagi xalifalarning unvoni. Islom taʼlimotida Muhammad (sav) oxirgi paygʻambar, xalifalar esa paygʻambarning oʻrinbosarlari hisoblanadi. Diniy, dunyoviy va harbiy hokimiyat ularning qoʻllarida jamlangan. Bu vazifalarni bajaruvchilar „xalifa“, „imom“, „amir“ istilohlari oʻrniga, har uchala mazmunni ifodalovchi yagona A. al-m. istilohi bilan atalgan. Mazkur unvon ilk dafʼa Abu Bakrdan keyingi ikkinchi xalifa Umarga berilgan, keyingi barcha xalifalar (Usmon, Ali va boshqalar) ham shu unvon bilan atalgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz