AMIR ABDULLOH (17-asr) – tarixchi olim. Amir Abdulloh ashtarxoniy shahzodalardan Iskandar sultonning topshirig’i bilan “Jomeat-tavorix”ningbirqismibo’lgan “Tarixi G’ozoniy” asarini fors tilidan turkiy tilga tarjima qilgan. Tarjima jarayonida asarni qisqartirib, buning hisobiga o’zbek xonlaridan Abulxayrxon, uning avlodlari tarixi va Muhammad Shayboniyxon hukmronligining ilk davri tarixini qo’shgan. Asar olimni rag’batlantirgan Sulton nomi bilan “Iskandarnoma” deb nomlangan. Kitobning bir qo’lyozma nusxasi O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish