AMINOVA XADICHA (1909.13.5, Andijon viloyati Jalaquduq tumani — 1989.20.8, Andijon) — O’zbekiston xalq artisti (1939). 1930 yildan Andijon teatrida ishlagan. Aminova 100 dan ortiq rollarni ijro etgan. Asosiy rollari: Xonzoda (“Boy ila xizmatchi”), Maysara (“Maysaraning ishi”), Dilbar (“Tor-mor”), Xolnisa xola, Bo’ston buvi (“Shohi so’zana”, “Ayajonlarim”), Kabanixa (“Momaqaldiroq”) va hokazolar. “O’zbekfilm” kinostudiyasi filmlarida qatnashgan: Jamol opa (“Farg’ona qizi”), Gulsumbibi (“Qutlug’ qon”), Xadicha opa (“Yorqin yo’l”). Aminova yaratgan obrazlar samimiyligi, qahramon hissiyotining to’la ochib berilishi bilan e’tiborni jalb qiladi. Aminova ona rollarini mahorat bilan ijro etgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish