Aminova Rahima Hodiyevna




Rahima Hodievna Aminova (1925.18.11, Qoʻqon) sharqshunos-tarixchi olima, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), tarix fanlari doktori (1963), professor (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1985), Beruniy nomidagi Davlat mukofoti (1968) laureati.

Biografiyasi



1925-yil 18-noyabrda Qoʻqon shahrida tugʻilgan.

Ilmiy faoliyati



1944-yili Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi ToshMU) sharq fakultetini bitirgan (1948). 1949-1952 yillarda Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya instituti aspiranturasida tahsil koʻradi. Bu davrda u akademiklar I.K.Dodonov, K.E.Jitov, I.M.Moʻminov kabi taniqli tarixshunos olimlardam taʼlim oladi.

Mehnat faoliyati



Rahima Aminova Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya institutida ilmiy xodim (1953– 57), boʻlim mudiri (1957—1993), yetakchi ilmiy xodimi (1993 ydan). Ilmiy ishlari Oʻzbekistonda sanoat ishchilari tarixi, agrar masala, xotin-qizlar harakati va boshqa mavzularga bagʻishlangan. Oʻzbekiston xotin-qizlari orasida jamoat ishlari olib borgan.

Ilmiy konfrensiyalar



Rahima Aminova 13-Xalqaro tarix fanlari kongressida (Moskva, 1970), 14-Xalqaro tarix fanlari kongressida (San-Fransisko, 1975), 9-Jahon sotsiologlari kongressida (Up-sala shahri, Shvesiya 1978), 10-Jahon sotsiologlari kongressida (Mexiko, 1982), 16-Xalqaro tarix fanlari kongressida (Shtutgard shahri, 1985), AQShda boʻlib oʻtgan Xalqaro tarixchilar ilmiy konfe-rensiyasida (1986), shuningdek Efiopiya, Jazoir, Bolgariya va boshqa mamlakatlarda oʻtkazilgan xalqaro simpozium va konferensiyalarda ilmiy ma’ruzalar qilgan.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz