AMINOV NO’MON



AMINOV NO’MON (1908 – Buxoro -1998.1.5) — zardo’z, O’zbekiston xalq rassomi (1982). Qadimgi Buxoro zardo’zlik maktabi vakili. Otasi Aminjon Majidovdan hunar o’rgangan. 30 – yillardan Zardo’zlik arteli (1960 yildan Buxoro zardo’zlik fabrikasi) da ishlagan. Tilla, nuqra, ipak, zar iplar yordamida nodir so’zanalar, portretlar yaratgan. Ko’plab shogirdlar tayyorlagan. Uning rahbarligida zardo’zi so’zanalar, portretlar va boshqalar tayyorlangan. Ko’plab murakkab bezakli namoyonlar ishlagan (“Kitoba”, 1956; “Go’ri Amir”, 1970). U yaratgan an’anaviy naqsh (chok)larning 32 namunasi amaliy san’at muzeyida saqlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz