AMINOV AHAD UMAROVICH



AMINOV AHAD UMAROVICH (1920.30.5, Namangan — 1992, Toshkent) — kulol, Toshkent kulollik maktabi vakili. Samarqand badiiy bilim yurtining kuollik bo’limida va Toshkent badiiy o’quv ishlab chiqarish kombinatida tahsil ko’rgan (1935 – 38). Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika intini tugatgan (1942). P. Menkov nomidagi respublika rassomlik bilim yurtida o’qituvchi (1951 — 52). Toshkent chinni zavodini tashkil qilishda qatnashgan (1938). Aminov ijodi uchun xalq kulollik san’ati an’analariga (lagan, kosa, vaza va boshqalar) asoslangan holda shakllar ustida izlanish xosdir. U buyumlarni qalami, chizma usulida bezab, bezakda islimiy (ayniqsa avvali bahor va boshqalar) naqshlardan keng foydalanadi. Asarlari O’zbekiston davlat san’at muzeyi, amaliy san’at muzeyi, muzeylarda saqlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz