AMINOPLASTLAR, karbamid plastiklar — sintetik smolalar asosida tayyorlangan plastmassalar. Aminoplastlar formaldegid bilan aminoguruhli organik birikmalarning polikondensatlanishi natijasida hosil bo’ladi. Aminoplastlar olishda to’ldiruvchi sifatida boshqa materiallar, masalan, yog’och qipig’i, tsellyuloza ishlatiladi. Aminoplastlar ni har xil rangga bo’yash mumkin. Ulardan tayyorlangan. (uyumlar kuchsiz kislota va ishqorlar, surkov moylari, spirt, atseton, benzol, benzin, kerosin va boshqa erituvchilar ta’siriga chidamli, lekin kuchli kislota va ishqor ularni parchalaydi. Aminoplastlar elektr tokini o’tkazmaydigan qoplovchi koshinlar tayyorlashda, turli buyumlarni yelimlashda ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish