AMINLASH
AMINLASH — turli xil organik birikmalarga aminoguruh (—NH2) ni kiritish. Masalan, piridinga 200° da natriy amidi (NaNH2) ni ta’sir ettirib, a-aminopiridin olinadi; benzol bug’ini ammiak bilan birga cho’g’holidagi naydan o’tkazilganda anilin hosil bo’ladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz