Amin Tojiyev




Amin Hamrayevich Tojiev  — qoraqalpoq davlat arbobi. 1989-yil iyuldan 1992-yil yanvargacha Qoraqalpogʻiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi.

Tarjimai hol



Amin Xamrayevich 1983-yil 23-martda qishloq xoʻjaligi vaziri etib tayinlangan.

1989-yil iyuldan 1992-yil yanvargacha Qoraqalpogʻiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining 10-sessiyasida „boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan“ egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

2006-yil 6-apreldan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi, muvofiqlashtiruvchi qoʻmita aʼzosi.

Amin Tojiyev „Qoraqalpogʻistondagi Amudaryo deltasida toʻqay oʻrmonlarini saqlash va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini mustahkamlash“ loyihasini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita birinchi yigʻilishida ishtirok etgan.

Oilasi



Oʻgʻli — Tojiev Erkin Aminovich 2022-yil 22-iyuldan Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori. Tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati prokurori vazifasida ishlagan.

Mukofotlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz