Amin Ahmad Roziy




Amin Ahmad Roziy (arabcha: امين احمد الرازي — Amin Ahmad Roziy — (XVI asr oxiri XVII asr boshida yashagan)) — Tarixchi va qozi.
Amin Ahmad Roziy Hindistonda Akbarshoh (1542-1605) zamonida yashagan, unga atab „Haft iqlim“ („Yetti iqlim“, 1593-94) nomli kitob yozgan.

Ushbu asarda Sharq olimlari odatiga binoan Amin Ahmad Roziy dunyoni yetti iqlimga boʻlib, har qaysi iqlim, yirik shahar va qishloqlar haqida tarixiy va geografik maʼlumot hamda shu iqlimdan yetishib chiqqan yirik olimlar, shoirlar va mashhur kishilar haqida maʼlumot bergan. „Haft iqlim“ Sharq tarixi va madaniyatini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega. Asarning bir qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz