AMIN AHMAD ROZIY
AMIN AHMAD ROZIY (16 – asr) -tarixchi va adib. Hindistonda Akbarshoh (1542-1605) zamonida yashagan, unga atab “Haft iqlim” (“Yetti iqlim”, 1593-94) nomli kitob yozgan. Ushbu asarda Sharq olimlari odatiga binoan Amin Ahmad Roziy dunyoni yetti iqlimga bo’lib, har qaysi iqlim, yirik shahar va qishloqlar haqida tarixiy va geografik ma’lumot hamda shu iqlimdan yetishib chiqqan yirik olimlar, shoirlar va mashhur kishilar haqida ma’lumot bergan. “Haft iqlim” Sharq tarixi va madaniyatini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. Asarning bir qo’lyozma nusxasi O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish
Uzpedia.uz