AMIMIYA



AMIMIYA (Yunocha a—inkor qo’shimchasi, mimos — taqlidchi) — istara sovuqligi, yuz ifodasining yo’qolishi; bunda yuzning sog’lom kishilarga xos imo-ishorasi bemorlarda butunlay yo’qolib qoladi. Ularning yuz qiyofasi ichki hissiyotlar (Sevinch, quvonch, qo’rqinch, hayajon va hokazolar) ni ifoda etmay, doim birdek, qotib qolgandek, niqob ko’rinishida bo’ladi. Amimiya shizofreniya, tushkunlik holati, kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni suiiste’mol qilish va boshqalar oqibatida yuzaga keladi. Amimiya rivojlanuvchi falajlik hamda miya to’qimalari yallig’lanishi (entsefalit) ning asosiy belgilaridan biridir.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz