AMILASETAT



AMILASETAT, sirka kislotannig amil efiri. Xushbo’y, rangsiz suyuqlik, suyuqlanish temperaturasi — 75′, qaynash temperaturasi 149,2°, zichligi 875,3 kg/m3. Molekulyar modda 130,18. Amilasetat sirka kislota bilan amil spirt kontsentrlangan sulfat kislota ishtirokida qizdirilganida hosil bo’ladi. Uning izomeri — izoamilasetat “nok essentsiyasi” nomi bilan ichimliklar va qandolat tayyorlashda ishlatiladi. Texnikada nitrosellyuloza uchun erituvchi sifatida (kinoplyonkalar, tselluloid ishlab chiqarishda) foydalaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz