Amfisbenalar




Amfisbenalar , halqali kalta-kesaklar (Amphisbae nidae) — kaltakesa-klar oilasi; 17 tacha uruqqa boʻlinadigan 120 tacha turi bor. Ular, asosan, tropik Amerika bilan Afrikada tarqalgan. Besh turi Ispaniya va Portugaliyada, bittasi Eronda uchraydi. Tuzilishi yerni kov-lashga va yer ostida yashashga moslashgan. Tanasi silindr shaklida, halqalarga boʻlingan, oyoklari yoʻqolib ketgan yoki oldingisi rudiment holda qolgan; terisi qattiq tangachalari yoʻq; koʻzi kichkina va teri bilan qoplangan, eshituv aʼzosi rivojlanmagan; bitta chap oʻpkasi bor. Yomgʻir chuvalchangi singari, yerni kov-lab tor yoʻl ochadi va toʻmtoq dumi bilan oldinga harakat qiladi. Shuning uchun ular ikki boshli kaltakesak deb ham yuritiladi. A.ning koʻp turlari chumo-li va termitlar uyasida yashaydi. Turli hasharotlar, qirqoyoq va yer ostida yashovchi umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Tuxu-mini oʻz uyasiga yoki termit va chumolilar iniga qoʻyadi. Hirot, ibijara, chipor A. bu oilaning tipik vakili hisoblanadi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz