Amfibiya




"Amfibiya" (grekcha: amphibios — ikki xil hayot kechiruvchi) — 1) suvda va quruqlikda yura oladigan avtomobil; kuzovi suv oʻtkazmaydi, suvda suzganida eshkak vinti yoki suv otuvchi harakatlantirgichi uni yurgizadi; suv ruli yordamida boshqariladi; 2) yerdan va suvdan koʻtariladigan hamda yerga va suvga qoʻnadigan, gʻildirakli shassisi boʻlgan samolyot; 3) qorda, suvda, muzda harakatlanishi uchun changʻili kuzovi oʻrniga qayiqchangʻi oʻrnatilgan aerochana; 4) suvda va quruklikda harakatlanadigan jangovar mashina (tank, bronetransporter va boshqalar).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz