Amey Ranawade
Amey Ganesh Ranawade (1998-yil 7-martda tugʻilgan) — hind professional futbolchisi, Hindiston Superligasida „Mumbay City“ himoyachisi.
Oʻyindagi faoliyati
Mohun Bagan
2018-yil yanvar oyida Amey yangi Mohun Bagan kattalar jamoasiga qoʻshildi.
Mumbay City FC
2020-yilda Amey Ganesh Ranawade „Mumbay City“ klubiga qoʻshildi. Oʻsha mavsumdan soʻng ushbu klub muxlislarining eʼtiborini tortdi va koʻplab mutaxissislar tomonidam iliq firklar bildirildi. Ushbu klubda mana qariyb ikki yildan buyon oʻynayotgan boʻlishiga qaramay, Amey Ganesh Ranawade hali biron bir rasmiy uchrashuvda gol ura olgani yoʻq. 2021-yilning 17-iyunida Ranawade „Mumbay City“ FC klubi bilan toʻrt yillik shartnomani uzaytirdi va yangi tuzilgan shartnoma bandlariga koʻra futbolchi u yerda 2025-yilning mayigacha qoladigan boʻldi. Keyinchalik Amey Ganesh Ranawade klubning 2022-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasida oʻynaydigan tarkibiga ham kiritildi.
Amey Ganesh Ranawade jami hisobda 30 marotaba turli yosh toifalaridagi Hindiston terma jamoasida oʻynagan. Shundan 25 tasini Hindistonning 17 yoshgacha yosh futbolchilaridan iborat Hindiston U7 va qolgan 5 ta oʻyinini Hindiston U20 jamoasida oʻtkazgan. Terma jamoa safida 30 ta oʻyin oʻtkazgan boʻlishiga qaramay, Amey Ganesh Ranawade Hindistonning hech qaysi yosh toifasidagi terma jamoasi safida bironta ham gol ura olmagan, lekin 3ta (shulardan 2tasi Hindiston U17 jamoasi safida) golli uzatmani amalga oshira olgan. Amey Ganesh Ranawadening eng muvaffaqiyatli klub faoliyati Mumbay City jamoasida boʻlgan. Ushbu jamoa safida Amey Ganesh Ranawade jami 32 ta oʻyinda maydonga tushgan (ikki mavsum davomida). Lekin Amey Ganesh Ranawade oʻzining eng muvaffaqiyatli mavsumlarida ham bironta gol ura olmagan.
Karyera statistikasi
Klub
2022-yil 24-fevral holati[6]
Yutuqlari
Klub
Mohun Bagan Mumbay City Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org