AMETIST
AMETIST (safsar) — mineral, kvarsning shaffof binafsha rang turi. Ametistning yirik, chiroyli rangli kristallari qimmatbaho tosh. Sintetik Ametist ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Ametist granit pegmatitlarida, kvars yertomirlarida va ba’zan metamorfik tog’jinslari ichida ham hosil bo’ladi. Ametist konlari Braziliya, Shrilanka oroli, Myanma (Birma), Ural tog’lari, Ukraina va boshqa joylarda bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz