Amerikancha gotika
Amerikancha gotika — Mashhur amerikalik rassom Grand Wood tomonidan 1930-yilda yaratilgan kartina.
Umumiy tavsif
Grand Wood bu asarini yaratishda Amerika Qo'shma Shtatlarining Ayova shtatidagi Eldon shahrida joylashgan gotika uslubidagi uy va shu uydan yashagan deb taxmin qilinuvchi insonlardan ilhomlangan. Ko'pchilik sanatsevarlar rasmdagi erkak va ayolni er-xotin degan noto'g'ri taxminga borishadi. Lekin aslida unday emas. Kartinaning nomi ham uyning qurilish uslubidan kelib chiqib tanlangan.
Asardagi qahramonlar uchun modellikni Woodning singlisi Nan Wood Grem va ularning tish shifokori doktor Bayron Makkibi bajarishgan.
Yaratilish tarixi
1930-yil avgust oyida Grand Wood ilhom izlab yurgan vaqtda, Eldon shahridagi Gotika uslubida qurilgan kichik oq uyni ko'rib qoladi. Uy egalaridan uyning suratini chizish uchun ruxsat olganidan so'ng, keyingi kun kelib mo'yqalam yordamida karton ustida uyning eskizini chizadi. Ushbu eskizda haqiqiy uydagiga nisbatan uchliroq tom va cho'zinchoq deraza tasvirlangan. Asar tsyyor bo'lganda aynan shu jihatlar rasmga o'zgacha ko'rk beradi.
Shundan so'ng u uy oldida odamlar bo'lishi kerak degan qarorga keladi va singlisini tasvirini yaratadi. Egniga esa XX asr qishloqlariga monand qilib, eski uslubdagi kiyim kiydiradi. Singlisidan rasm uchun fartuk ham tikishni iltimos qiladi.
Ota sifatida esa oilaning tish shifokori Doktor Bayron Makkibini tanlaydi.
Singlisi unga suratdagi insonlar aka-singil emas, ota va qiz bo'lishi kerakligini aytadi va bu Grand Woodga ham yoqib tushadi.
Tanlovda ishtirok
Wood bu kartina bilan Chikago sanat institutida o'tkazilgan rasmlar tanlovida ishtirok etadi. Hakamlardan biri kartinani ,,hajviy valentin: deb ataydi vaa o'rin berishdan bosh tortadi. Biroq muzey xodimi ularni bronza medali va 300 dollar berishga ko'ndiradi. Xuddi shu xodim Institutga rasmni sotib olish kerakligini tushuntiradi va xaligacha rasm shu yerda saqlanmoqda.
Rasmga parodiyalar
Depressiya davridagi rasmning haqiqiy amerikalik sahnani tasvirlash sifatida tushunishi birinchi mashhur parodiyaga, Gordon Parksning 1942-yilda Vashingtonda suratga olingan tozalovchi ayol Ella Uotsonning suratiga turtki berdi. Amerikancha gotika tez-tez parodiya qilinadigan rasmdir. U "Musiqa odami" kabi Brodvey shoularida , "Rokki qo'rqinchli suratlar shousi" kabi filmlarda va Green Acres , Dik Van Deyk shousi ("Uzoq asar") kabi teleko'rsatuvlarda namoyish etilgan. Shuningdek, Simpsonlar multserialida ham namoyish etilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org