AMERIKACHA QURILMA – o’rta va kichik o’lchamli teleskoplarni o’rnatishda qo’llaniladigan qurilma. 19-asrda ixtiro etilgan. Teleskopning pastki qismi Amerikacha qurilma qutb o’qining ayrisimon uchi ichiga kirib turadi. Amerikacha qurilma yordamida o’rnatilgan teleskop vositasida osmonning istalgan nuqgasidagi kosmik jismni kuzatish mumkin. Amerikacha qurilmaning boshqa (nemischa va inglizcha) turdagi qurilmalardan afzalligi: bu qurilmada teleskop trubalarini muvozanatda saqlab turadigan og’ir posangi toshning bo’lmasligidadir. Aqli birinchi teleskop AQShdagi Maung Vilson rasadxonasiga o’rnatilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish