Amerika Qoʻshma Shtatlari Vitse-prezidentlari roʻyxati




Amerika Qoʻshma Shtatlari Vitse-prezidenti( inglizcha: Vice President of the United States of Amerika) Amerika Qoʻshma Shtatlari federal hukumati ijroiya hokimiyatida Prezidentdan keyin ikkinchi eng muhim mansabdor shaxs deb qaraladi. Birinchi AQSh Vitse-prezidenti Jon Adams, hozirgi vitse-prezident Kamala Harris hisoblanadi. Tarix davomida bu lavozimni 49 kishi egallab kelgan.

Vitse-prezident koʻp vakolatlarga ega emas, Vitse-prezidentning asosiy konstitutsiyaviy funksiyasi shundaki, u AQSh prezidenti vafot etgan, isteʼfoga chiqqan yoki lavozimidan chetlashtirilgan taqdirda uning oʻrnini egallaydi. Sakkiz nafar Vitse-prezident oʻzlaridan oldingilarning vafoti va bir nafari isteʼfoga chiqishi tufayli yuqori lavozimni egallagan. Bundan tashqari, Vitse-prezident Senatning rasmiy rahbari hisoblanadi. Vitse-prezidentlikka nomzodlarga Qoʻshma Shtatlar prezidentligiga nomzodlar bilan bir xil talablar qoʻyiladi.

Vitse-prezidentlar roʻyxati



Partiyalar
  Federalistlar partiyasi

  Demokratik Respublikachilar partiyasi

  Demokratilar partiya

  Whig partiyasi

  Respublikachilar partiyasi

Tirik sobiq Vitse-prezidentlar



2022-yil iyul holatiga koʻra, AQShning 5 nafar sobiq vitse-prezidenti tirik:

Vitse-prezident qasamyodi



AQSh Konstitutsiyasining yigirmanchi tahririga muvofiq, Qoʻshma Shtatlar Vitse-prezidenti saylov boʻlganiden keyingi yilning 20-yanvar kuni peshin vaqtida oʻz lavozimini egallaydi. Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidentining inauguratsiya marosimida saylangan Vitse-prezident saylangan Prezidentdan bir necha daqiqa oldin qasamyod qiladi. Prezidentlik qasamyodidan farqli oʻlaroq, Vitse-prezidentlik qasamyodi AQSh Konstitutsiyasida belgilanmagan.

Qasamyod matni



"Men Amerika Qoʻshma Shtatlari Konstitutsiyasini barcha tashqi va ichki dushmanlardan himoya qilishga va uni asrashga tantanali ravishda qasamyod qilaman. Men unga nisbatan haqiqiy ishonch va sadoqatni saqlab qolaman. Men ushbu majburiyatni hech qanday izohlarsiz yoki undan qochish maqsadisiz erkin qabul qilaman. Shuningdek men hozir kirishayotgan lavozimdagi vazifalarni vijdonan va masʼuliyat bilan bajaraman. Xudo menga yordam ber".

Vitse-prezidentlikka nomzodlar uchun qoʻyiladigan talablar



AQSh Konstitutsiyasining oʻn ikkinchi tahririda AQSh Vitse-prezidenti lavozimiga nomzod hamda Prezidentlik lavozimiga nomzod ham kamida Qoʻshma Shtatlarda kamida 14 yil yashagan hamda 35 yoshda boʻlishi kerak. Nomzodlardan AQShda tugʻiligan AQSh fuqarosi boʻlishi talab etiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz