Amerika (qitʼa)




Amerika  — ikki materik, yaʼni Shimoliy Amerika va Janubiy Amerikadan iborat qitʼa; ular orasidagi chegara odatda Daren boʻyni, baʼzan esa Panama boʻyni orqali oʻtkaziladi. Dunyodagi eng katta Grenlandiya oroli va yon-atrofidagi bir qancha boshqa orollar ham Amerika tarkibiga kiradi. Gʻarbiy yarim sharda, Atlantika va Tinch okeanlari orasida. Shimoliy Amerikada koʻpincha Markaziy Amerika va Vest-Indiya orollari alohida ajratiladi. Umumiy maydoni 42,5 million km. Aholisi 1,2 milliard kishi (2021). Grenlandiya va Shimoliy Amerikaning shimoli-sharqiy sohili 10—11-asrlarda normannlar tomonidan kashf etilgan deb hisoblanadi. Antil orollari, Janubiy Amerika sohilining shimoliy qismi hamda Shimoliy Amerikadagi Karib dengizi sohilining janubiy qismini 1492—1503-yillarda X. Kolumb kashf etgan. Amerika rasmiy kashf etilishidan 5 asr ilgari Beruniy Gʻarbiy yarim sharda ham quruqlik boʻlishi mumkin degan fikrni aytgan. Amerika italiyalik tadqiqotchi Amerigo Vespucci nomiga qoʻyilgan.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz